Viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib, qator uchrashuvlarda samarali kelishuvlarga erishmoqda.

Xususan, Tyanszin shahrida 30 ga yaqin kompaniyalar ishtirokida davra suhbati va B2B uchrashuvlar o‘tkazildi.

Unda Farg‘ona viloyatining savdo-iqtisodiy imkoniyatlari haqida taqdimot o‘tkazildi. Zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini yo‘lga qo‘yish kabi yo‘nalishlarda kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, Tyanszin yangi qurilish materiallari assotsiatsiyasi bilan hamkorlik bitimi imzolandi.