O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash maqsadida Toshkent shahrida “Huahe International” kompaniyasi tashabbusi bilan VIII “Ipak yo‘li davlatlari tovarlari” xalqaro ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov boshchiligida 40 dan ortiq viloyatimizdagi tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etdi.

Ko‘rgazma doirasida Xitoyning qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari, to‘qimachilik va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan o‘ndan ziyod yirik kompaniya vakillari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi.

Uchrashuvlar yakunida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda eksport-import salohiyatini oshirish yuzasidan qator kelishuv va takliflarga erishildi.