Rishton tumani hokimi ishtirokida tumanda amalga oshirilayotgan yangi investitsiya loyihalari o‘rganildi. Jumladan, “Straus Farm” MCHJ tomonidan 4 gektar yer maydonida tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimi hamda qurilish materiallari (fasad uchun g‘isht va plita mahsulotlari) ishlab chiqarish loyihasi ko‘zdan kechirildi. O‘rganish jarayonida loyiha tashabbuskori tomonidan ko‘tarilgan muammoli masalalar joyida o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.