Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari N.Mamajonov Xitoy Xalq Respublikasining Sindao shahrida o‘tayotgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasidagi hududlararo savdo-iqtisodiy hamkorlik konferensiyasining ochilish marosimida ishtirok etdi.
Tadbir doirasida u Farg‘ona viloyatining savdo-iqtisodiy imkoniyatlari, investitsion jozibadorligi, xorijiy hamkorlar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar, shuningdek, sanoat va infratuzilma sohasidagi istiqbolli loyihalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib, viloyatni xalqaro hamkorlik uchun ishonchli va foydali hudud ekanligini gapirib o‘tdi.