Viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov Pekindagi 10 dan ortiq tadbirkorlar bilan uchrashdi. Unda xitoylik tadbirkorlarga Farg‘ona viloyatining savdo-iqtisodiy imkoniyatlari, sanoat zonalaridagi imtiyozlar bo‘yicha tushunchalar berildi.

“Huahey International” kompaniyasi bilan hamkorlikda tadbirkorlardan iborat delegatsiyalar tashrifini ishlab chiqish, forum tashkil etish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishildi.

Bundan tashqari, Toshkentda o‘tkaziladigan “O‘zbekiston-Xitoy” yarmarkasida Farg‘onada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasini tashkil etish bo‘yicha ham kelishib olindi.

“Tai Chi Tongjun” kompaniyasi vakillari bilan o’tkazilgan muloqotda dorivor giyohlar ishlab chiqarish va yangi laboratoriya tashkil etish bo‘yicha Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti o’rtasida hamkorlikni yo’lga qo’yish masalalari ko‘rib chiqildi.