Belorusiyaga tashrif doirasida OOO “Organicheskiye produkti” kompaniyasi rahbari Sadovskiy Igor Anatolevich bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda, O‘zbekistonda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Minsk shahriga eksport qilish yuzasidan kelishuv muhokamasi o‘tkazildi.

Shuningdek, «EKSPOBЕL» bozorida O‘zbekistonda yetishrilgan qishloq ho‘jaligi mahsulotlarini import qilinib, sotilayotgan oziq – ovqat va qishloq xo‘jaligi mahulotlari rastalari ko‘zdan kechirilib, joyiga chiqib o‘rganildi.

Kelgusida, hududda “O‘zbek savdo uyini” ochish va O‘zbekiston oziq – ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Minsk shahriga eksportini yanada oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.