“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida Qo‘qon shahar Oq-oltin mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari birma-bir tinglandi. Qabul davomida turli masalalarda jami 16 ta murojaat ko‘rib chiqildi, 4 ta murojaat mas’ullar tomonidan joyida ijobiy hal etilib, 2 ta murojaat yuzasidan huquqiy maslahat va tushunchalar berildi. Muddat talab etiladigan 3 ta murojaat belgilangan tartibda nazoratga olindi.