Xabar berib borayotganimizdek, Xitoy Xalq Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov rahbarligidagi delegatsiya mazkur davlat tadbirkorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, qator muhim kelishuvlarga erishmoqda.
Xususan, Shanxay shahrida yirik tadbirkorlar ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbati ham samarali bo‘ldi. Uchrashuv doirasida Farg‘onada Xitoy kapitali ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalarni moliyalashtirish maqsadida Xitoy tijorat banki filialini ochish, viloyatda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarini onlayn platforma orqali xorijga eksport qilish bo‘yicha o‘zaro manfaatli kelishuvlar imzolandi.