Xitoy Xalq Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi qator provinsiyalardagi oliygohlarda ham bo‘lib, uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Xususan, Tyanszin universiteti, Arxitektura va dizayn instituti rahbariyati bilan o‘tkazilgan muloqotlarda Farg‘onada namunaviy arxitektura loyihalarini birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Arxitektura va dizayn yo‘nalishida Farg‘ona davlat texnika universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.