Viloyatimizda davom etayotgan “Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot” oyligi doirasidagi navbatdagi uchrashuv Beshariq tumanida o‘tkazildi.

Unda viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov tegishli mutasaddilar hamrohligida tadbirkorlarning taklif, tashabbus hamda muammolarini tingladi.

Uchrashuvda bank krediti va yer ajratish, faoliyatni kengaytirish, infratuzilmani yaxshilash va kommunal xizmatlar kabi masalalarda murojaatlar qabul qilindi.

Ochiq muloqotda ko‘tarilgan masalalarning ayrimlariga shu yerning o‘zida yechim topildi. Ijrosi muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab qiladiganlari esa mas’ullarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.