Shinjon Qurilish materiallari savdo palatasi hamda Urumchi Ibin savdo palatasi a’zolari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda qurilish materiallari sohasidagi hamkorlik imkoniyatlari, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va investitsiya muhitini yaxshilash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Farg‘ona viloyatining iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati taqdimoti namoyish etildi hamda ikki tomon ishbilarmonlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi. Uchrashuv yakunida sentyabr oyida Farg‘ona shahrida qo‘shma biznes-forum o‘tkazish va berilgan takliflar asosida yangi investitsiya hamda savdo loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.