Viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Xitoyning qator provinsiyalarida bo‘lib, tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Xususan, Shandun provinsiyasi tadbirkorlari ishtirokidagi muloqotda Farg‘ona viloyatining savdo-iqtisodiy imkoniyatlari haqida taqdimot o‘tkazildi.
Shuningdek, 50 dan ortiq shandunlik tadbirkorlar ishtirok etgan tadbirda Xitoyning eng rivojlangan hududlaridan 20 ga yaqin salohiyatli investorlarga viloyatimizda yangi loyihalarni boshlash bo‘yicha keng ko‘lamli tushuntirishlar berildi.