Tadbirkorlikni rivojlantirish, ular faoliyatida yuzaga kelayotgan muammo va to‘siqlarni o‘rganish hamda bartaraf etish, foydalanilmagan imkoniyatlar, yangi drayverlarni aniqlash maqsadida viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov Bag‘dod va Buvayda tumanlarida tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazdi.
Mazkur uchrashuvlarda tumanlardagi turli yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar istiqbolli loyihalari, ish faoliyatidagi muammolari va takliflari bilan ishtirok etishdi.
Muloqotlarda tadbirkorlar loyihalari uchun yer, infratuzilma bilan ta’minlash, bank krediti olish, ruxsat berish hujjatlari va boshqa qator masalalar yuzasidan murojaat qildilar.
Har bir murojaat bo‘yicha mas’ul idora va tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatilib, ijrosi nazoratga olindi.