Veyfang shahrida joylashgan Xayluy sanoat parkiga tashrif doirasida “Farg‘ona–Shandun” texnoparkini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, investitsiya muhitini yaxshilash va yuqori texnologiyalarga asoslangan loyihalarni amalga oshirish borasida taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Shuningdek, sanoat parkida faoliyat olib borayotgan “HUAJIAN ALUMINIUM” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv natijasida Farg‘ona viloyati hududida duralyumindan turli xil sanoat va maishiy mahsulotlar ishlab chiqarish yuzasidan kelishuvga erishildi.